Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Qatarga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazishi mumkin - OAV
Foto: Aleksey Pavlishak/TASS
Saudiya Arabistoni Qatarga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazishi mumkin, bu Doha Moskvadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qiladigan bo‘lsa, yuz beradi. Bu haqda Le Monde xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tegishli bayonot bitilgan maktub yo‘llagan.
Hujjatda Ar-Riyod Rossiya va Qatarning muzokaralaridan tashvishda ekani aytiladi. Ta'kidlanishicha, S-400 o‘rnatilishi Saudiya Arabistoni havo hududi xavfsizligini buzadi va mintaqadagi keskinlikning ortishiga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyaning «g‘oyib bo‘lgan» valiahd shahzodasi haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:58
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026