01:11 / 02.06.2018
52039

Zidan “Real”ni Ronaldu va Beyl deb tark etdi – OAV

Foto: Getty Images

“Real” Madridning endilikda sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubni Krishtianu Ronaldu shartnomasini uzaytirishdagi muammo sababli tark etishga qaror qilgan. Bu haqda AS ispan nashri ma'lum qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Zidanni Ronaldu va Garet Beylning klubdagi kelgusi taqdiri bilan bog‘liq mavhumlik tashvishlantirgan.

Bundan tashqari, Zidan va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasida transfer siyosati bo‘yicha ziddiyat yuzaga kelgan. Peres “Atletik” darvozaboni Kepa Arrisabalagani sotib olmoqchi bo‘lgan, Zidan esa klubning amaldagi darvozaboni Keylor Navasni qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, “Real” rahbari Zidanning fikriga zid ravishda Robert Levandovski va Neymar sotib olinishini talab qilgan.

Mavzuga oid
Top