Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tramvaylar to‘qnashib ketdi
«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘idagi «Ya samarkandets» guruhida Samarqand shahrida bugun yuz bergan tramvaylar to‘qnashuvi fotosurati e'lon qilindi.
Fotosuratdan ko‘rinishicha, Temiryo‘l vokzali yaqinida, Beruniy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasida tramvaylar yengilgina to‘qnashishgan va ularning old oynalariga zarar yetgan.
Suratdan ko‘rinishicha, negadir Sartepa massivi – Temiryo‘l vokzali yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘riga harakatlanishi kerak bo‘lgan 1-tramvay chapga — Ro‘dakiy ko‘chasi bo‘ylab Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori yo‘li uchun yotqizilgan 2-tramvay yo‘nalishiga burilgan va shu yo‘nalishda teskari tomondan harakatlanib kelayotgan tramvayga urilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026