Jahon | 08:12 / 04.06.2018
6845
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh koalitsiyasi 2-bosqichga o‘tdi, Suriya chegarasi IShIDdan tozalanadi

Foto: EPA

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroq chegarasida IShID terrorchilik guruhiga qarshi amaliyotning ikkinchi bosqichiga o‘tdi. Bu haqda Pentagon saytida xabar qilingan.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, «Suriya demokratik kuchlari «Tutib olish» amaliyotining ikkinchi bosqichida yer usti operatsiyalarini boshlashgan».

Ta'kidlanishicha, ushbu amaliyot «chegarani IShIDdan tozalashga» yo‘naltirilgan.

O‘z navbatida, Iroq xavfsizlik kuchlari Suriya bilan chegaradagi o‘z ishtirokini kuchaytirdi, bu IShID a'zolari Iroqqa qochib bormasligi uchun qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Asadni ogohlantirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid