O‘zbekiston | 12:47 / 04.06.2018
39507
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda ko‘cha musiqachisi saksofonda O‘zbekiston madhiyasini ijro etdi (video)

Facebook’da AQShdagi ko‘cha yoki maydonlardan birida ko‘cha musiqachisi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. U O‘zbekiston milliy madhiyasini saksofonda ijro etgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, musiqachi doimiy ravishda turli mamlakatlar milliy madhiyalarini ijro etib boradi. Xususan, videolardan birida musiqachi Kembrij shahrida Qozog‘iston madhiyasini, boshqasida esa Bostonda Ukraina madhiyasini ijro etib bergan.

Musiqachi O‘zbekiston madhiyasini ijro etgani tasvirlangan video Facebook’da paydo bo‘ldi. Bu videorolik AQShning qayerida va kim tomonidan suratga olingani hozircha noma'lum.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid