Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda harbiy rahbariyat ishdan olindi
Foto: sina.com.cn
Shimoliy Koreya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish fonida uch nafar yuqori mansabli harbiyni o‘zgartirdi. Bu haqda «Ryonxap» manbaga asosan xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya xalq qurolli kuchlari vaziri Pak Yen Sik, Koreya xalq armiyasi bosh shtabi rahbari Li Men Su va mamlakat armiyasi bosh siyosiy boshqarmasi boshlig‘i Kim Chon Gak o‘z lavozimini tark etgan.
Manba so‘zlariga ko‘ra, yuqori mansabli harbiylarning o‘zgartirilishi, ularning «qotib qolgan fikrlari» o‘zgarayotgan vaziyatga mos kelmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inning maktubini ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti KXDRga sheriklikda ayblandi
10:50 / 05.11.2025
Seul: KXDR Rossiyaga yana 5 ming harbiy yubordi
21:08 / 04.11.2025