Andijon shahrida “Bolajon bahori” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi
“Barcha qulayliklarga ega” degan jumlani ko‘p ishlatamiz. Andijon shahrining 5- son mahalla fuqarolar yig‘inida kuni kecha ochilgan “Bolajon bahori” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi haqiqatda bolajonlarning sifatli boshlang‘ich bilim olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun barcha qulayliklarga ega ekan.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Muhtasham bino, malakali mutaxassislar jamoasi, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta'minlangan o‘quv xonalari, oshxona, pokiza sanuzel, sayr qilish uchun ekobog‘, suzish havzasi, jonli burchak barchasi bolajonlar xizmatida.
Asli kasbi pedagog-psixolog bo‘lgan serg‘ayrat tadbirkor Umidaxon Ashurovaning harakati bilan qisqa muddatlarda muhtasham bino barpo etildi. 100 nafar bolalarni qamrab olish imkoniyatiga ega muassasa binosini barpo etish va jihozlash uchun 2 milliard 260 million so‘m mablag‘ sarf etildi. Ularning barchasini tadbirkor o‘z hisobidan amalga oshirdi.
Maskanda ta'lim Janubiy Koreya tajribasi usulida olib borilmoqda. Har bir guruhdagi bolalar soni 15 nafardan oshmaydi. Rus, ingliz tillari chuqur o‘rgatiladi va rasm, badiiy gimnastika, suzish, raqs to‘garaklarida malakali mutaxassislar mashg‘ulot o‘tmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, bolalarning keng dunyoqarash egasi va bugungi zamon kishisi bo‘lib ulg‘ayishlari uchun muassasada barcha imkoniyatlar yaratilgan.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi
14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas
12:19 / 10.09.2024
Andijonda homilador ayolning vafoti bo‘yicha prokuratura tekshiruv o‘tkazadi
16:06 / 09.09.2024