2026 yil 1 yanvardan boşlab, Andijon şahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qiliş amaliyoti töxtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Bank kartalari, mobil ilovalar hamda ATTO transport va virtual kartalari orqali tölanganda, yölkira 2100 sömni taşkil etadi.
Naqd şaklda tölov qiliş uçun esa, infokioskdan 3000 söm evaziga bir martalik QR-çipta xarid qiliş kerak böladi.
Infokiosklar bekatlar va ularga yaqin joylarga örnatilgan, deyiladi vazirlik axborotida.
Eslatib ötamiz, 2025 yil 1 yanvardan Toşkent şahri avtobuslarida ham yölkirani naqd şaklda qabul qiliş töxtatilgan edi.












