Yashnobod tumanida fojia bilan yakunlangan qoidabuzarlik ro‘y berdi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida 4 iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi M.Sh. o‘zining boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Makro” supermarketi oldida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Jizzax shahrida yashagan N.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “VAZ-2106” rusumli avtomashina yo‘lovchisi R.Sh. jarohat olib voqea joyida va “Matiz” avtomashinasi haydovchisi N.M. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
Shuningdek, “VAZ-2106” avtomashinasi haydovchisi M.Sh. va uning qolgan yo‘lovchilari M.N., G.N. hamda F.M. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilganlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida YTH natijasida 4 kishi halok bo‘lib, 5 inson jarohat olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024