Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida YTH natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 5 inson jarohat oldi
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 2 iyun kuni Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi A.B. o‘zining boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasini “Ohangaron-Bo‘ka-Guliston” yo‘lining 71-km.da haydab ketayotib shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib yo‘lning chap tomoniga burilayotgan Bo‘ka tumanida yashovchi Sh.S. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasining chap yon tomoniga urilib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea oqibatida “Damas” avtomashinasining bir nafar yo‘lovchisi jarohat olib voqea joyida va uch nafar yo‘lovchisi esa kasalxonaga keltirilganlarida vafot etgan.
Shuningdek “Damas” avtomashinasi haydovchisi, Sh.S. va uning to‘rt nafar qolgan yo‘lovchilari jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda mudhish YTH yuz bergani, 4 kishi halok bo‘lib, yana 6 kishi jarohat olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:44
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026