Facebook yana bir mojaroga aralashib qoldi
AQShda Vashington shtati bosh prokurori Bob Fergyuson Facebook va Google kompaniyalarini sudga berdi, bunga siyosiy reklama to‘g‘risidagi qonunga rioya etilmayotgani sabab bo‘lgan. Bu haqda shtat prokuraturasi saytida xabar qilindi.
«Robert Fergyuson saylov kampaniyalari moliyalashtirilishi bo‘yicha da'vo arizalari bilan chiqdi. Ularda aytilishicha, Facebook va Google Vashington shtatida siyosiy reklamaga aloqador bo‘lgan, qonun bilan talab etiluvchi ma'lumotni saqlamagan», - deyiladi xabarda.
Bosh prokuror ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan kompaniyalar reklamaga homiylik qilgan tashkilotlar haqidagi axborotni taqdim etmagan. Shuningdek, uning qiymati va joylashtirish muddatini xabar berishmagan.
Mavzuga oid
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024
Putin administratsiyasidan AQShga qochgan mulozim
11:10 / 05.10.2024
AQSh Yamandagi husiychilar nishonlariga raketa zarbalari berdi
09:50 / 05.10.2024