AQŞda Vaşington ştati boş prokurori Bob Fergyuson Facebook va Google kompaniyalarini sudga berdi, bunga siyosiy reklama töğrisidagi qonunga rioya etilmayotgani sabab bölgan. Bu haqda ştat prokuraturasi saytida xabar qilindi.

«Robert Fergyuson saylov kampaniyalari moliyalaştirilişi böyiça da'vo arizalari bilan çiqdi. Ularda aytilişiça, Facebook va Google Vaşington ştatida siyosiy reklamaga aloqador bölgan, qonun bilan talab etiluvçi ma'lumotni saqlamagan», - deyiladi xabarda.

Boş prokuror ma'lumotlariga köra, körsatilgan kompaniyalar reklamaga homiylik qilgan taşkilotlar haqidagi axborotni taqdim etmagan. Şuningdek, uning qiymati va joylaştiriş muddatini xabar berişmagan.