Iqtisodiyot | 13:05 / 05.06.2018
5260
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston savdo to‘siqlari zarari haqida ma'lumot berdi

Foto: REUTERS

Hindiston savdo va sanoat vaziri Suresh Prabxuning ma'lum qilishicha, alohida davlatlar tomonidan savdoda bir tomonlama to‘siqlar kiritilishi jahon iqtisodiyotining tiklanish jarayoniga zarar yetkazishga qodir. Bu haqda Hindiston vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Yaqinda kuzatilgan bir tomonlama savdo choralari va ularga javob choralari sikliga keladigan bo‘lsak, vazir bunday harakatlar jahon iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha o‘ta nozik jarayonni to‘xtatib qo‘yishi mumkin ekanini aytdi», - deya ma'lum qilishgan matbuot xizmatidan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bunday harakatlar oqibatida ko‘p tomonlama savdo tizimining umumqabul qilingan qoidalariga ortga qaytarib bo‘lmas darajada zarar yetkazilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey po‘lat va alyuminiy importiga bojlarni asossiz, deb atagandi.

Mavzuga oid