O‘zbekiston | 12:06 / 05.06.2018
15880
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda bosh soliqchi vazifasini bajaruvchisi tayinlandi

Foto: Kruz.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Bayram Orinbayevich Karabayev tayinlandi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.

B.Karabayev bunga qadar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Otabek Saparbayev Beruniy tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Beruniy tumani sobiq hokimi Farxod Ermanov esa Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid