Jahon | 01:12 / 05.06.2018
30556
2 daqiqa o‘qiladi

Qrim Ukraina tarkibiga qaytishi uchun asos mavjud emas – Putin

RIA Novosti / Sergey Guneyev

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ukrainaga Qrimni qaytarib berishi uchun asoslar yo‘qligini aytdi. 

“Bunga asoslar yo‘q”, deb javob qilgan Putin tegishli savolga Avstriyaning ORF telekanaliga bergan intervyusida.  

Putin 5 iyunda Venaga tashrif buyuradi. Tashrif davomida Putinning Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen va kansleri Sebastyan Kurts bilan uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Qrim 2014 yil martdagi referendumdan keyin Rossiya hududiga aylangan. Referendumda Qrim Respublikasining 96,77 foiz va Sevastopolning 95,6 foiz aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz bergan. Qrim rahbariyati referendumni Ukrainada 2014 yil fevralda davlat to‘ntaruvi yuz bergandan keyin o‘tkazishga qaror qilgan.

Ukraina hamon Qrimni vaqtinchalik bosib olingan hududi deb hisoblab keladi. Rossiya rahbariyati bir necha marotaba Qrim aholisi demokratik yo‘l va BMT nizomiga to‘liq mos holda Rossiya bilan birlashishga qaror qilganini aytgan. Putinning aytishicha, Qrim masalasi “batamom yopilgan”.

Mavzuga oid