Sport | 07:26 / 06.06.2018
11465
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina Isroilga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini bekor qildi

Foto: Alejandro García / EFE

Argentina terma jamoasi Falastin hukumati tomonidan qilingan tahdid va bosimlar sabab Isroil bilan o‘rtoqlik o‘yinini bekor qildi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi. 

Avvalroq, Falestin futbol federatsiya rahbari Jibril Rajub musulmon muxlislarini "Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Isroil bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushsa, uning surat va futbolkasini yoqishga chaqirgan edi. 

Argentina terma jamoasi xavfsizlik nuqtai nazaridan 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Isroilga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini bekor qildi. Jamoa bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli 2018 yilgi jahon chempionati boshlangunga qadar bitta uchrashuv o‘tkazishni niyat qilgan va u uchrashuv katta ehtimol bilan Barselonada bo‘lib o‘tadi.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid