Jahon | 01:19 / 06.06.2018
7418
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha ishlar tiklanganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Tehron Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikni (MAGATE) Eron uranni boyitish bo‘yicha quvvatlarini oshirishni boshlayotganidan xabardor qildi. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiy ma'lum qildi.

“Kecha biz MAGATEga yadroviy dastur bo‘yicha ishlarni boshlashimiz haqida maktub jo‘natdik. Shu sababli bugundan biz amaliy qadamlarga o‘tamiz”, deb aytgan Solihiy va 6 iyunda Natanz shahrida uranni boyitishda qo‘llanuvchi sentrifugalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi markaz ochilishi e'lon qilinmoqchiligini qo‘shimcha qilgan. 

4 iyunda Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy Eronning atom energetikasi uchun javobgar vazirligiga uranni boyitish bo‘yicha quvvatlarni oshirishga tayyorlanishni buyurgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid