O‘zbekiston | 16:42 / 07.06.2018
7027
3 daqiqa o‘qiladi

Aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimi yaxshilanadi

Foto: Kommersant'

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Respublika aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi va oqava xizmatlari tizimini yanada yaxshilash to‘g‘risida”gi Moliya vazirligi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ–3507-son “2018 yil uchun investitsiya va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi qaroriga asosan 2018 yilda“Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi hisobidan dastlabki qiymatlariga ko‘ra jami 584,7 mlrd. so‘m, jumladan qishloq joylarida qurilayotgan namunali uy-joylar va xizmat uylarining ichimlik suvi tarmoqlarini qurilishiga79,8 mlrd. so‘m hamda respublika aholi punktlarini ichimlik suvi va oqava xizmatlari bilan ta'minlash ishlariga 504,9 mlrd. so‘m ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligining Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Namangan viloyatlari aholisini ichimlik suvi va oqava xizmatlari ta'minotini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni 2018-2020 yillarda amalga oshirish hamda talab etiladigan mablag‘larni bosqichma-bosqich ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Namangan viloyatlari aholisini ichimlik suv va oqava xizmati tizimini 2018-2020 yillarda moliyalashtirish tarmoq jadvali tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Namangan viloyatlari hokimliklari ichimlik suv va oqava xizmati tizimini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun talab etiladigan mablag‘larni 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyeti hamda mahalliy byudjyetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan belgilangan tartibda ajratilishini ta'minlaydi.

Tegishli viloyatlar hokimliklari 2018-2020 yillarda viloyatlar mahalliy byudjyetlari hisobidan ichimlik suv ta'minoti va oqava xizmati tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablag‘larni Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suv” jamg‘armasi hisobiga o‘tkazib berilishini va jamg‘arma orqali moliyalashtirilishini ta'minlaydilar.

Loyihalarni amalga oshirish doirasida ichimlik suv va oqava xizmati tizimini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – buyurtmachi;
“O‘zbekkommunalloyihakurilish” davlat unitar korxonasi – bosh loyihalashtirish tashkiloti;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari – bosh pudrat tashkiloti etib belgilanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid