Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya F-35 qiruvchilarini muddatdan avval qabul qilib oldi
Foto: PA
Britaniya harbiy-havo kuchlari Amerikaning to‘rtta F-35B Lightning beshinchi avloddagi qiruvchisini qabul qilib oldi, ular Norfolk grafligidagi bazaga rejalashtirilgan muddatdan ikki oyga avvalroq kelgan. Bu haqda HHK saytida xabar berildi.
«Endi Britaniyaga tegishli bo‘lgan eng zamonaviy qiruvchilar Norfolkdagi o‘zining yangi uyiga keltirildi. Ular AQShdan amalga oshirilgan transatlantik parvozdan so‘ng kecha kechqurun Britaniya yeriga qadam qo‘ydi», - deyiladi harbiy mahkama saytidagi xabarda.
Buyuk Britaniya hammasi bo‘lib shunday turdagi 138ta qiruvchi xarid qilishni rejalashtirmoqda. Mamlakat hukumati 2021 yilga qadar yangi harbiy samolyotlar uchun 12 mlrd funt sterling sarflash niyatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh F-35 qiruvchi samolyotlarni yetkazib bermasa, nima qilishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
20:53 / 01.05.2026
Urush davrida o‘zbekistonlik askarga boshpana bergan britaniyalik oila taqdirlandi
17:51 / 28.04.2026