Turkiya taşqi siyosat idorasi rahbari Mavlud Çavuşöğlining ma'lum qilişiça, mamlakat Rossiya qiruvçilarini xarid qilişi mumkin. Bu Amerika tomoni beşinçi avloddagi F-35 qiruvçi-bombardimonlarni yetkazib bermasa sodir böladi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Çavuşöğlining sözlariga köra, AQŞ samolyotlarini yetkazib bermaslik uçun sabablar yöq. Bundan taşqari, Turkiya Amerika tomoni bilan munosabatlarni yomonlaştiriş niyatida emas. TIV rahbarining ta'kidlaşiça, F-35 belgilangan muddatlarda yetkazib berilişi lozim.
«Muammolar yuzaga keladigan bölsa, Turkiya muqobil variantsiz qolmaydi. Rossiyadan yoki NATO davlatlaridan biridan samolyotlarni xarid qiliş mumkin», - deya aytib ötdi Çavuşöğli.
Uning qöşimça qilişiça, AQŞ yetkazib beriş böyiça kelişuvdan çiqsa, Turkiya tegişli çoralarni köradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Turkiya elçisining ortga çaqirtirib olinganiga izoh bergandi.

















