Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gennadiy Golovkin IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvonidan mahrum qilindi
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinni o‘rta vazn toifasidagi jahon chempionligi kamaridan mahrum qildi. Bu haqda IBF xabarida aytiladi.
Bunday qaror 36 yoshli Golovkin 3 avgustgacha IBF kamariga majburiy da'vogar ukrainalik Sergey Derevyanchenko bilan jang o‘tkazishga yozma rozilik berishdan bosh tortgani sabab qabul qilindi.
Bu IBF qozog‘istonlik bokschiga 5 may kuni amerikalik Vanes Martirosyanga qarshi jang o‘tkazishga ruxsat berganida qo‘ygan shartlardan biri edi.
Shunday qilib, IBF’ning o‘rta vazn toifasida kamari bo‘sh, deb e'lon qilindi. Yaqin vaqt ichida tashkilot ikki yetakchi da'vogarni aniqlaydi hamda ularga jang o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borish majburiyatini yuklaydi.
Golovkin professional ringda o‘tkazgan 39 jangining 38tasida g‘alaba qozongan bo‘lib, uchta boshqa yo‘nalish - WBA, WBC va IBO bo‘yicha o‘z vazn toifasida jahon chempioni bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026