Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ShHTga a'zo davlatlarga 100 milliard dollar ajratadi
Xitoy Davlat taraqqiyot banki ShHTga a'zo davlatlarga 100 milliard dollardan ziyod miqdorda kreditlar ajratadi, deya xabar beradi Uzreport.
Pekinda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Banklararo birlashma kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bank Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlarga kredit ajratilishi haqida e'lon qildi. Bu safar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston banklari bilan yangi kredit bitimlari imzolandi.
Tsindao sammiti arafasida bank sektori vakillari hamkorlik masalalari, xalqaro moliya institutlari bilan aloqalar, «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbuslari doirasida loyihalarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish, ko‘p tomonlama qo‘shma dasturlarni ilgari surish masalasini muhokama qildilar.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026