MDH davlatlari mudofaa vazirlari nimalar haqida kelishib oldi?
Rossiyaning Kizil shahrida Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi (MDH) Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishi chog‘ida harbiy maqsadlardagi sun'iy yo‘ldosh aloqa tizimlaridan foydalanish, shuningdek, geomakon axboroti almashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar imzolandi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi saytida xabar berilgan.
Mudofaa vazirlari qo‘shma harbiy maqsaddagi tizimlar faoliyatini takomillashtirish doirasida, MDH birlashgan havo mudofaasi tizimi, yagona aloqa tizimi, yagona davlat radiolokatsion aniqlash tizimi, qurolli kuchlar aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
Xususan, Belarusda MDH HHM «Mintaqaviy xavfsizlik - 2018» qo‘shma kompyuterlashgan qo‘mondonlik-shtab mashqlarini o‘tkazish tasdiqlandi.
Qozog‘istonda «Toza osmon - 2018» havo hujumidan mudofaa kuchlari (qo‘shinlari) operativ-taktik qo‘mondonlik-shtab mashqlari o‘tkaziladi.
Qo‘shma aloqa tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro-shartnomaviy asoslar ma'qullandi, shuningdek, 2017 yil uchun qurolli kuchlar aviatsiyasining parvozlari xavfsizligi holati tahlil qilindi.
Hamdo‘stlik mamlakatlari mudofaa vazirlari Belarusning qurolli kuchlar uchuvchisiz aviatsiyasini qo‘llash bilan aloqador bo‘lgan hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
12:10 / 02.10.2024
Ukraina mudofaa vaziri to‘rt o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
10:50 / 01.10.2024
RF 2025 yilda urush uchun rekord darajadagi 13,5 trln rubl ajratadi
14:25 / 28.09.2024
Toshkentda MDH saylovlarni kuzatish missiyasi ish boshladi
09:12 / 28.09.2024