Rossiyaning Kizil şahrida Mustaqil Davlat Hamdöstligi (MDH) Mudofaa vazirlari kengaşi yiğilişi çoğida harbiy maqsadlardagi sun'iy yöldoş aloqa tizimlaridan foydalaniş, şuningdek, geomakon axboroti almaşiş sohasida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitimlar imzolandi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi saytida xabar berilgan.
Mudofaa vazirlari qöşma harbiy maqsaddagi tizimlar faoliyatini takomillaştiriş doirasida, MDH birlaşgan havo mudofaasi tizimi, yagona aloqa tizimi, yagona davlat radiolokatsion aniqlaş tizimi, qurolli kuçlar aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini ta'minlaş tizimini yanada rivojlantiriş böyiça takliflarni körib çiqdilar.
Xususan, Belarusda MDH HHM «Mintaqaviy xavfsizlik - 2018» qöşma kompyuterlaşgan qömondonlik-ştab maşqlarini ötkaziş tasdiqlandi.
Qozoğistonda «Toza osmon - 2018» havo hujumidan mudofaa kuçlari (qöşinlari) operativ-taktik qömondonlik-ştab maşqlari ötkaziladi.
Qöşma aloqa tizimini rivojlantiriş böyiça xalqaro-şartnomaviy asoslar ma'qullandi, şuningdek, 2017 yil uçun qurolli kuçlar aviatsiyasining parvozlari xavfsizligi holati tahlil qilindi.
Hamdöstlik mamlakatlari mudofaa vazirlari Belarusning qurolli kuçlar uçuvçisiz aviatsiyasini qöllaş bilan aloqador bölgan hamkorlikning yangi ustuvor yönalişini işlab çiqiş taklifini qöllab-quvvatladi.












