Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi
Foto: David Mdzinarishvili/Reuters
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ma'lum qilishicha, Armaniston yangi rahbariyatidan Tog‘li Qorabog‘ mojarosiga yechim topish bo‘yicha «real muzokaralar» boshlashini kutmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Umid qilamanki, Armaniston yangi rahbariyati avvalgi hokimiyat xatolarini takrorlamaydi hamda Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroga tezroq yechim topish uchun jiddiy ishni amalga oshiradi. Shunchaki nomigagina emas, balki real muzokaralar jarayoni boshlanishi lozim», - deya aytib o‘tdi Aliyev.
Uning ta'kidlashicha, muzokaralar Kavkazda tinchlikni ta'minlashi mumkin bo‘lgan yechimni topishda yordam beradi. Shuningdek, Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjonning mojaroga tinch yechim topish uchun «huquqi bor».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon diplomatiya akademiyasi bitiruvchilari oldidagi nutqida Qorabog‘ ixtilofi Ozarboyjonning hududiy yaxlitligi doirasidagina o‘z yechimini topishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
09:01 / 30.12.2025
Ozarboyjon: Ukrainada har ikki tomonda urishganlar jazolanadi
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
14:00 / 24.12.2025