Putin Xudoga ishonishi haqidagi savolga javob qaytardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin an'anaviy har yilgi to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniya vaqtida Xudoga ishonishi haqidagi savolga javob qaytardi. Uning fikricha, har bir shaxs qalbida e'tiqod bilan tug‘iladi, biroq ba'zilar buni faqat kutilmagan vaziyatlarga tushib qolgandagina anglaydi.
"Bu juda shaxsiy savol. Bilasizmi, bu haqda hammaning oldida ochiq gapirish bir qadar mushkul. Mening fikrimcha, inson qalbida e'tiqod bilan tug‘iladi. Faqat turli insonlar turli vaqt va turli xil vaziyatlarda buni tushunadi", - degan Putin Xudoga qachondan ishona boshlagani haqidagi savolga javob qaytarib.
"Aytaylik, Ikkinchi jahon urushi vaqtida, hattoki eng ashaddiy xudosizlar ham okopda turib va hujumga yo‘l olganida, ishonchim komilki, ularning har biri Xudo haqida o‘ylagan. Buni kutilmagan vaziyatlarsiz ham tushunadigan insonlar bor. Biroq, inson qandaydir ekstremal vaziyatga tushib qolsa, bu haqda o‘ylashi aniq", - deya hisoblaydi Putin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiya yoki suveren bo‘lishi, yoki umuman bo‘lmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024
Rossiyada o‘zbek diasporasi yetakchisi noqonuniy migratsiyani tashkil etishda gumon qilinmoqda
09:00 / 04.10.2024
«Gazprom» Rossiyada eng zarar ko‘rgan kompaniyalar ro‘yxatini boshqaryapti
23:19 / 03.10.2024