Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, rus xalqi har doim suverenitetni tanlaydi.

«Men Rossiya yoki suveren bölişi, yoki u umuman bölmasligidan kelib çiqmoqdaman. Albatta, Rossiya xalqi har doim birinçisini tanlaydi», - deya aytib ötdi Putin Xitoy Mediakorporatsiyasiga bergan intervyusida.

Şuningdek, Putinning aytişiça, Rossiya xalqaro arenada xalqaro huquq prinsiplariga rioya qiladigan, hamkorlar manfaatiga hurmat bilan qaraydigan va öz manfaatlariga zarar yetmasligini kuzatib boradigan davlat sifatidagi örni yöqolmasligiga jiddiy e'tibor qaratib boradi.

Putinning ma'lum qilişiça, Amerika tomoni bosimi ostida Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy qilgan davlatlar bu çoralarni endi özida sinab köradi.

Uning işonç bildirişiça, soğlom fikr asta-sekin ğalaba qozonadi, jahon iqtisodiyotiga zarar yetkazayotgan barça noqonuniy çeklovlar esa bekor qilinadi. Uning qöşimça qilişiça, barça hamkorlar, şu jumladan, Amerika tomoni bilan ham munosabatlar yaxşilanadi. Putinning ta'kidlaşiça, «Qöşma Ştatlar pozitsiyasiga qöşilib» Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritgan davlatlar AQŞ sanksiyalaridan «endi özi jabr körmoqda».

«Men buni xursandligim yoki istehzo bilan aytayotganim yöq. Bu vositalar universal ekani isbotlanmoqda hamda ularni joriy etiş barçaga, jumladan, bunday taşabbus bilan çiqqanlarga ham zarar yetkazişi oydinlaşib boryapti», - deya ma'lum qildi Putin.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning KXDRga taşrifi vaqtida Şimoliy Koreya tomoni Vladimir Putinga Pxenyanga keliş haqida taklif bergan. 

Bu haqda Lavrovga yaqin bölgan şaxslarga tayangan holda yapon parlamenti sobiq deputati, ayni vaqtda Moskvada bölib turgan Sudzuki Muneo xabar qilgan.

Bundan taşqari, xabar berilişiça, KXDR yetakçisiga Putindan xat ham topşirilgan, unda Rossiyaga taşrif bilan keliş taklifi bildirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin nemis tilida jurnalistdan öz sözini bölmaslikni söragandi.