Jahon | 18:14 / 07.06.2018
17689
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya Skripallar ishida nimaga erishmoqchi ekanini aytdi

Foto: AP/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi bilan bog‘liq holat jangovar zaharlovchi modda qo‘llanilishiga aloqador emas. 

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Skripallar jangovar zaharlovchi modda haqiqatdan ham qo‘llanganida, voqea joyida bir necha soniya ichida halok bo‘lgan bo‘lardi. Uning ta'kidlashicha, bu holatda gap boshqa nimadir haqida ketmoqda.

«Biz fuqarolarimiz, hech bo‘lmasa Yuliya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot imkoniyati taqdim etilishini xohlaymiz. Shuningdek, surishtiruv jarayonida to‘laqonli tarzda qatnashish imkoniyati berilishini istaymiz», - deya aytib o‘tdi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Xudoga ishonishi haqidagi savolga javob qaytargandi.

Mavzuga oid