Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning yangi quroli tayyor ekanini ma'lum qildi
Foto: Artem Sizov/«Gazeta.Ru / «Rossiya-24»/YouTube.com
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot» davomida Rossiyaning eng yangi quroli tayyorlikning qanday darajasida ekani haqidagi savolga javob qaytardi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Kinjal» gipertovushli aviatsion raketa kompleksi qurolli kuchlarga topshirilgan, 2019 yilda esa «Avangard» tizimi, 2020 yilda - «Sarmat» raketasi taqdim etiladi.
«Shuningdek, ma'lum bir ishlanmalar bor - global uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa va suvosti dron qurilmasi. Bu yerda yadro dvigatel qurilmasining sinov bosqichi yakunlandi. Biroq, yana ba'zi bir narsalarni rejali rejimda amalga oshirish darkor. Ish aynan reja bo‘yicha ketmoqda», - deya qayd etib o‘tgan Putin.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, qurol qurolli kuchlarga o‘z muddatida taqdim etiladi.
Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, bunga ishonmaganlar, avval ham ishonishmagan, ammo bu Rossiyaga qurolni yaratishda xalaqit bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Rossiya yoki suveren bo‘lishi, yoki umuman bo‘lmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:43
Durov Putin 2013 yilda unga Rossiyada emas, balki xorijda biznes yuritishni maslahat berganini aytdi
15:22
Qrim: mobil internet urush tugaguncha bloklanadi
15:17
AP: Rossiya Venesueladan diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi
13:49