Tramp 63 yoshli ayolning qamoq muddatini qisqartirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp giyohvand moddalar sabab umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 63 yoshli Elis Meri Jonsonning qamoq muddatini qisqartirdi. Oq uy shu haqida xabar berdi.
Manbada ta'kidlanishicha, Jonsonning hatto evaralari ham bor. Ayol umrining deyarli 22 yilini qamoqda o‘tkazgan.
"Jonson xonim o‘tmishda qilgan ishlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan va 22 yilga yaqin vaqt davomida namunali mahbus hisoblangan. Umrbod qamoq jazosiga qaramay, Elis qamoqda o‘z reabilitatsiyasi ustida ko‘p ishlagan va boshqa mahbuslar uchun ibrat bo‘lgan", - deyiladi Oq uy xabarida.
Oq uy Jonsonning qachon ozodlikka chiqishi va aynan nima uchun qamalganiga aniqlik kiritmagan.
Ma'muriyat giyohvand moddalarga qarshi qat'iy kurashni davom ettirish niyatida, lekin jamiyat oldida qarzini uzgan kishilarga ikkinchi imkon berilishi kerak, deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
15:50 / 16.11.2024
RF va G‘arb o‘rtasida yangi mahbuslar almashinuvi fevralda bo‘lib o‘tishi mumkin
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
15:29 / 26.10.2024