Jahon | 11:36 / 07.06.2018
13109
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kanadani Oq uyga o‘t qo‘yganlikda aybladi

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 25 may kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan telefon orqali suhbat chog‘ida, mamlakatni 1814 yilda Oq uyga o‘t qo‘yganlikda aybladi. Bu haqda chorshanba kuni CNN telekanali manbaga asosan xabar berdi.

TASS’ga ko‘ra, Tryudo Trampning AQSh po‘lat va alyuminiyga bojlarni milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish joriy etgani haqidagi so‘zlarini tanqid qilgan. Bunga javoban Tramp «Oq uyni sizlar yoqib yubormaganmidingiz?», deb so‘ragan.

Davlat rahbari 1812-1815 yillardagi Angliya-Amerika urushini eslatgan, uning davomida inglizlar hukumatning bir qator binolarini, shu jumladan, Oq uy va Kapitoliyni yoqib yuborgan. O‘sha paytda Kanada Britaniya koloniyasi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg Tramp daholar uchun eshikni yopayotgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid