Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘yda chiqqan janjal, to‘yni azaga aylantirdi
Illyustrativ foto/ Sputnik
2018 yil 15 may kuni Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining ochiq sud majlisi jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudida sudlanuvchi J.J. jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi.
Ma'lum bo‘lishicha, 1995 yil 21 mart kuni Zarbdor tumanida tug‘ilgan J.J. 2017 yil 18 dekabr kuni Jizzax shahar M.Ulug‘bek mahallasida joylashgan “Afsona” nomli to‘yxonaga o‘zining sinfdoshi F.U.ning to‘yiga kelgan.
U ushbu to‘yda o‘tirgan vaqtida, F.U.ning Jizzax Davlat politexnika institutida birga o‘qiydigan kursdoshlari hamda Zarbdor tumanidan kelgan sinfdoshlari o‘zaro janjallashib qoladi.
J.J. F.U.ning sinfdosh va kursdosh o‘rtoqlari janjallashib, bir-birlariga tan jarohati yetkazayotganligini ko‘rib, o‘ziga notanish bo‘lgan S.X.ning yuz qismiga urgan vaqtda, S.X. boshining orqa qismi bilan yerga yiqilib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olib, RShTYoIMning jonlantirish bo‘limida o‘ziga kelmay 21.12.2017 yilda vafot etgan.
J.J. O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 3-qismining “d” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan.
Sud hukmi bilan J.J. O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 3-qismining “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 3-qismining “d” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
14:04 / 20.02.2026
Sud qarorlari ijrosini to‘xtatish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin
19:17 / 15.02.2026
Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
19:37 / 07.02.2026