Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Inning Singapurga qachon kelishi aytildi
Foto: REUTERS
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapurdagi Changi aeroportiga yakshanba, 10 iyun kuni yetib keladi. Bu haqda Reuters tayyorlanayotgan safardan xabardor bo‘lgan manbaga asosan ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, 8 iyun kuni Singapurdagi Payya Lebar aviabazasida Amerika aviatsiya floti joylashtirilganiga doir suratlar paydo bo‘lgan. Ular orasida oq tomga ega vertolyot surati ham bor, u, odatda, AQShning yuqori mansabli amaldorlarini olib o‘tish uchun foydalaniladi.
Sammitda ishtirok etayotgan tomonlar safarga oid o‘z rejalarini ochiqlamayapti.
Singapur Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi esa bu ma'lumotni hozircha tasdiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Singapurda Kim Chen In uchun limuzin qidirayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026