Jahon | 08:35 / 08.06.2018
10473
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Fransiya va Kanadani aybladi

Foto: Reuters/ Randall Hill

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Fransiya va Kanada xalqaro savdoni yuritishga xalaqit bermoqda. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Shuningdek, u har ikki davlatni Qo‘shma Shtatlarga haddan tashqari baland darajadagi bojlarni joriy etganlikda aybladi.

«Ular (Kanada va Fransiya) AQShga juda katta bojlar joriy etishmoqda hamda pulsiz to‘siqlarni yaratishmoqda. YeIning AQSh bilan savdo profitsiti - 151 mlrd dollar, hamda Kanada bizning fermerlarni o‘z bozoriga kiritmayapti», - deya ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kanadani Oq uyga o‘t qo‘yganlikda ayblagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid