Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp 25 may kuni Kanada boş vaziri Jastin Tryudo bilan telefon orqali suhbat çoğida, mamlakatni 1814 yilda Oq uyga öt qöyganlikda aybladi. Bu haqda çorşanba kuni CNN telekanali manbaga asosan xabar berdi.

TASS’ga köra, Tryudo Trampning AQŞ pölat va alyuminiyga bojlarni milliy xavfsizlik manfaatlarini himoya qiliş joriy etgani haqidagi sözlarini tanqid qilgan. Bunga javoban Tramp «Oq uyni sizlar yoqib yubormaganmidingiz?», deb söragan.

Davlat rahbari 1812-1815 yillardagi Angliya-Amerika uruşini eslatgan, uning davomida inglizlar hukumatning bir qator binolarini, şu jumladan, Oq uy va Kapitoliyni yoqib yuborgan. Öşa paytda Kanada Britaniya koloniyasi bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Bloomberg Tramp daholar uçun eşikni yopayotgani haqida xabar bergandi.