Jahon | 09:39 / 08.06.2018
9516
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp G7 sammitini belgilanganidan oldin tark etadi

Foto: Reuters / Alessandro Bianchi

AQSh prezidenti Donald Tramp «katta yettilik» sammitidagi o‘z ishtiroki vaqtini qisqartiradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders bayonot bergan.

Ta'kidlanishicha, Tramp atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan sessiyada ishtirok etmaydi.

«Prezident Tramp G7 sammitidan ayollar teng huquqligi bo‘yicha sessiyadan so‘ng ketadi. Prezident Kanadadan darhol Singapurga yo‘l oladi. U yerda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan kelasi hafta seshanba kuni uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan», - deya ma'lum qildi Sanders.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya G8’ga qaytarilmasligini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid