Jahon | 08:20 / 08.06.2018
5278
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada favqulodda holat rejimi qachon bekor qilinishi aytildi

Foto: AP Photo / Burhan Ozbilici

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi favqulodda holat rejimi 24 iyun kungi saylovlardan so‘ng bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Turkiyada favqulodda holat rejimi 2016 yilda yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng joriy etilgan, o‘shanda muxolifatchi Fathulloh Gulen tarafdorlari hokimiyat tepasiga kelishga urinishgandi.

Turkiyada muddatdan avvalgi prezidentlik va parlament saylovlari 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ulardan so‘ng, Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati favqulodda holat rejimini bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya Iroqda ham terrorchilarni yo‘q qilishi haqida aytgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid