Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning yana bir bora ta'kidlaşiça, Anqara mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid bölgan istalgan urinişni qat'iy bartaraf etadi.

Erdöğan Iroq şimolida, xususan, Qandil va Sinjar viloyatlarida Turkiya qurolli kuçlari tomonidan terrorizmga qarşi harbiy amaliyot ötkazilişini istisno qilmadi.

«Qandil va Sinjarga navbat keldi. Biz mamlakatni taşvişga solayotgan va unga tahdid qilayotganlarga qarşi hujum qilib keldik, hamda bu bundan keyin ham davom etadi», - dedi Turkiya yetakçisi Zonguldakdagi saylovoldi mitingida çiqiş qilib.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada karikaturaçi Erdöğanni haqorat qilgani uçun hibsga olingandi.