Sport | 08:27 / 09.06.2018
26476
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovich JCh-2018ga olib ketilmaganiga kim aybdor ekanini aytdi

Foto: Theguardian

«Los-Anjyeles Gelaksi» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning ma'lum qilishicha, u Rossiyadagi jahon chempionatiga shvetsiyalik jurnalistlar tufayli bora olmadi.

«Afsuski, mahalliy OAVda shunday mentalitet bor. Menda shvedlarga xos bo‘lgan ism-familiya, xarakter yo‘q. Biroq, ular terma jamoaning rekordi hamon menga tegishli ekanini yoddan chiqarib qo‘yishdi. Jahon chempionati - bu juda katta bayram.

U yerda har doim eng yaxshi futbolchilar o‘ynaydi, ammo Zlatan u yerda bo‘lmaydi. Ular men jamoa bilan ishlashni bilmasligim haqida ma'lum qilishmoqda, biroq mening faoliyatimga bir nazar tashlang. Men ko‘plab sovrinlarni yutib olganman, buni jamoasiz qilishim mumkin edimi?» - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Shvetsiya terma jamoasi F guruhida Germaniya, Meksika va Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush FIFAga iltimos bilan chiqqandi.

Mavzuga oid