Eron terma jamoasi boş murabbiyi Karluş Keyruş Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ni ekipirovka işlab çiqaruvçi taniqli korxona bilan bir qarorga kelişga çaqirdi. Bu Eron jamoasiga e'lon qilingan boykot tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Eronning Press TV telekanali.
«Öyinçilar özlarining sport liboslariga örganib qolişgan, hamda uni şunday muhim öyinlardan bir hafta avval özgartiriş umuman notöğri narsadir. Biz FIFAni bu masalada bizga yordam berişga çaqiramiz», - deya ma'lum qilgan mutaxassis.
AQŞga tegişli bölgan sport kiyimlari işlab çiqaruvçi taniqli korxona Qöşma Ştatlarning Eronga qarşi sanksiyalari rejimi kuçaytirilgani sababli uşbu davlat milliy termasi bilan hamkorlikni töxtatib qöydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida JÇ-2018 körsatilmasligi mumkin ekani xabar qilingandi.












