Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti kubogida bugun 7 bokschimiz yarim finalda ringga chiqadi
Ostonada boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, kecha chorak final doirasida bir necha bokschimiz ringga chiqdi. Bokschilar ichida Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov kutilmaganda hindistonlik Lalbiakkima Nutlaiga mag‘lubiyatga uchradi. Og‘ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov esa mezbonlar vakili Anton Pinchukka imkoniyatni boy berdi.
Shahobiddin Zoirov, Iqboljon Xoldorov, Aliyor Noraliyev, Isroil Madrimov kabi bokschilarimiz esa g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Bugun musobaqada yarim final janglari bo‘lib o‘tadi:
-56kg: Shahobiddin Zoirov – K.Yeraliyev (Qozog‘iston)
-60kg: Shunqor Abdurasulov – Z.Safiullin (Qozog‘iston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov – M.Vuttichai (Tayland)
-64kg: Aliyor Noraliyev – B.Ibragimov (Qozog‘iston)
-69kg: Mahmud G‘oipov – A.Jusupov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov – A.Amankul (Qozog‘iston)
-81kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – B.Nurdauletov (Qozog‘iston)
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026