Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Putin va Tramp Venada uchrashish ehtimolini muhokama qilgan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp bilan Venada uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilgan. Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, muzokaralar borasida «aniq muhokamalar» hozircha olib borilmayapti.
«Ikki prezident uchrashuviga mos tushishi mumkin bo‘lgan turli shaharlar ko‘rib chiqiladi. Bilasizlarmi, har ikki prezident bunday uchrashuvni o‘tkazish talabi paydo bo‘lgani haqida so‘nggi telefon muloqoti davomida fikr almashgandi. Xususan, Vena ham shunday shaharga aylanishi mumkin», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin bu borada Avstriya kansleriga iltimos bilan chiqqani xabar berilgandi.