Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nig‘matulla Yo‘ldoshev Belarusga boradi
11-14 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi tashrif bilan Belarus Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.
Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar hamda parlamentlararo hamkorlikni, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolanishi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
18:19 / 20.06.2024
Senat 21 iyun kuni Bosh prokuror lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqadi
15:18 / 24.12.2022
O‘zbekiston harbiy prokuroriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
23:11 / 07.05.2022