Senat 21 iyun kuni Bosh prokuror lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqadi
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi raisini saylash, Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Foto: Kun.uz
21 iyun kuni Senatning ellik uchinchi yalpi majlisi chaqiriladi.
Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu lavozimda 2019 yil iyunidan buyon ishlab kelmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, Bosh prokurorning vakolat muddati 5 yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimi esa 2023 yil noyabrida Shohrux Shorahmedov ketganidan buyon bo‘sh qolmoqda.
Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda yana qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.
«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi, «Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bahor mavsumida qancha daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgani aytildi
O‘zbekiston | 10:28
-
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
Jahon | 10:26
-
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi va aldanib ko‘r bo‘lib qolgan ayol. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
Jamiyat | 09:41
-
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 09:40
Mavzuga oid

11:26 / 05.05.2025
Click ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025