Poroshenko Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Poroshenko va Putin yaqin vaqt ichida ikki mamlakat ombudsmenlari mahbuslarni ko‘rish uchun kelishiga kelishib olgan.
"Yaqin vaqt ichida har ikki davlatning inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakillari qamoqda saqlanayotgan shaxslarni ko‘rishga kelishi haqida kelishuvga erishildi", - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov har ikki davlat rahbarlari o‘zaro telefon muloqoti o‘tkazganini tasdiqlagan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya kemasi harbiy-transport samolyoti bilan tutib olinganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.10.2024
G‘arb va Ukraina urushni tugatish sxemasini muhokama qilmoqda - OAV
10:50 / 05.10.2024
Surishtiruv: BR ukrainalik bolalarni harbiylashtirishga aloqador
09:50 / 05.10.2024
AQSh Ukraina uzra Rossiya raketalarini urib tushirishdan bosh tortganiga izoh berdi
08:30 / 05.10.2024