Ukraina harbiy-dengiz kuçlarining An-26 harbiy-transport samolyoti Qora dengizda Rossiya kemasini «tutib oldi». Bu haqda RIA «Novosti» Ukraina OAVga asosan xabar bermoqda.

«Dumskaya» naşri ma'lumotlariga köra, Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining raketa kemasi Odessa oblasti tarkibiga kiruvçi Zmeiniy oroli yaqinida 2 iyun kuni payqalgan. Uni tutib oliş uçun An-26 harbiy-transport samolyoti parvoz qilgan.

Ta'kidlanişiça, Rossiya kemasi özini payqab qolişganini tuşunib, oçiq dengizga darhol çiqib ketib qolgan.

Rossiya qurolli kuçlari bu ma'lumotga hozirça heç qanday izoh bermagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakov Donbass qanday qilib Ukrainaga qaytarilişini aytgandi.