Jahon | 09:34 / 09.06.2018
11872
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko «Shimoliy oqim - 2» haqida: u amalga oshirilmaydi

Foto: Reuters /Mixail Palinchak

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, «Shimoliy oqim - 2» loyihasi mamlakat iqtisodiyotiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi, sababi u hech qachon amalga oshirilmaydi. Ukraina yetakchisining so‘zlari «Gordon» nashri tomonidan keltirilgan.

«Mening fikrimcha, «Shimoliy oqim - 2» Ukraina iqtisodiyotiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Sababi u amalga oshirilmaydi. Ishonchim komilki, biz umumiy sa'y-harakatlar bilan uni to‘xtata olamiz», - deya aytib o‘tdi Poroshenko Kiyev universiteti talabalari bilan uchrashuvi chog‘ida.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, «Shimoliy oqim - 2»  «siyosatbozlar» loyihasi hisoblanib, u qandaydir iqtisodiy foyda olishga yo‘naltirilmagan.

Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, gaz quvurining qurilishi Ukrainaga 3 mlrd dollar miqdorida zarar yetkazadi. Poroshenko qayd etishicha, Ukraina hukumati taxminan shuncha pulni mamlakat mudofaasiga sarflaydi. Prezidentning xulosa qilishicha, «Shimoliy oqim - 2» qurilishi Ukrainani «mudofaani moliyalashtirishga pulsiz» qoldirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya kemasi harbiy-transport samolyoti bilan tutib olinganini ma'lum qilgandi

Mavzuga oid