Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiya tayyor». Putin AQSh haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Moskva Vashington bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyor. Bu haqda Putin «Vesti v subbotu» dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning eslatishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi va'dalaridan biri aynan Rossiya-Amerika munosabatlarini yaxshilash bo‘lgan.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan xalqaro maydonchalardagi uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlarga yetarli e'tibor qaratish imkonini bermayapti.
«Men shuni aytmoqchimanki, biz Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish, normallashtirishga tayyormiz. Vositalar turlicha bo‘lishi mumkin, jumladan, shaxsiy uchrashuvlar orqali ham», - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Avstriya kansleriga iltimos bilan chiqqani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:44
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
20:27
Tramp AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalarning o‘tishi uchun haq olishini e’lon qildi
16:29
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:40