Jahon | 12:58 / 09.06.2018
5962
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini oshira boshladi

Foto: Wall Street Journal

Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini oshira boshladi, bu xomashyo ishlab chiqarishning ikki yillik qisqarishidan so‘ng yuz berdi, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal.

Aniqlik kiritilishicha, Saudiya Arabistonida qazib olish darajasi neft ishlab chiqarish umumiy hajmi bilan taqqoslaganda uncha katta emas.

«Biroq, bu Ar-Riyod uchun keskin o‘zgarishdan darak beradi. Ushbu davlat neft qazib oluvchi yirik davlatlar koalitsiyasiga rahbarlik qiladi, ular so‘nggi ikki yil davomida xomashyo ishlab chiqarishni ancha jiddiy darajada kamaytirgandi», - deya xabar beradi nashr.

Ekspertlarning taxminicha, Saudiya Arabistoni tomonidan neft qazib olish hajmi oshirilishi narxlarni pasaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim papasi neft kompaniyalari rahbarlariga taklif bilan chiqqandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid