Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa aeroportlarida uxlash uchun maxsus kapsulalar paydo bo‘ladi
Sloveniya dizaynerlari, ishbilarmonlari va sayyohlari Yevropa aeroportlarida uxlash uchun o‘rnatiluvchi maxsus kapsulalarni ishlab chiqishdi. Fox News shu haqida xabar berdi.
Kontseptsiyaga ko‘ra, Airpods modullari tashqi ko‘rinishidan futuristik dregsterlar (poyga musobaqalarida qatnashuvchi avtomobillar)dek ko‘rinadi. Sayyohlar bu kapsulalar ichida telefonni zaryadlash, Wi-Fi'ga ulanish va kino ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi.
Uyqu xonalari tashqi tovushlardan to‘liq izolyatsiya qilingan bo‘lishiga qaramay, sayyohlarga tashqarida bo‘layotgan hodisalarni monitor qilish imkoni taqdim etiladi. Kapsula avtomatik ravishda yo‘lovchining parvoz vaqti yaqinlashayotgani haqida xabar beradi.
Ixtiro qo‘shimcha ishlanmalarni talab qiladi, biroq ilk kapsulalarni shu yilning o‘zidayoq Yevropaning ba'zi aeroportlarida o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026